TVEFJMS – transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasi. Oddiy qilib aytganda, agar haydovchi yoʻl avtotransport hodisasi sodir etgan holatda, jabrlanuvchi koʻrgan zararni qoplash uchun hamyonidan toʻlashga majbur boʻlmaydi. Zararni sugʻurta kompaniyasi qoplab beradi.
Bu shuni anglatadiki, TVEFJMS yoʻl avtotransport hodisasida aybdor avtomobilni shikastlanishdan himoya qilmaydi (buning uchun boshqa turdagi sugʻurta mavjud), aksincha avtomobil egasining yoʻldagi xatti-harakatlari inson hayoti, uning salomatligiga zarar yetkazgan taqdirda, barcha moliyaviy xarajatlarni qoplab beradi.