Foydalanuvchilar o’z ma’lumotlari va afzalliklarini saytga kiritishlari mumkin, shundan so’ng Zorgo.uz sug’urta kompaniyalaridan mos takliflarni ko’rsatadi. Foydalanuvchi shartlarni solishtirib, eng mos variantni tanlashi mumkin.
Majburiy sug’urta polisi
5 daqiqada polisni rasmiylashtirish
Avtomobil va haydovchi ma'lumotlarini kiriting
Narxlarni solishtiring va eng yaxshisini tanlang
Polisga to'lov qiling
To'lovdan so'ng darhol polisni oling
Biz kelajak haqida qayg'uramiz!
Ofislarga adogʻi yoʻq qatnovlar va cheksiz hujjatbozliklar sizni chetlab oʻtishi uchun biz sugʻurta polislarini onlayn rasmiylashtirish xizmatini yoʻlga qoʻydik.
Biz mijozlarimizga nafaqat sugʻurta polisini rasmiylashtirish uchun eng qulay shartlarni tanlashda koʻmaklashamiz, balki sugʻurta bozoridagi eng ishonchli va sinashta variantlarni ham taqdim etamiz.
TVEFJMS oʻz nima?
TVEFJMS – transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasi. Oddiy qilib aytganda, agar haydovchi yoʻl avtotransport hodisasi sodir etgan holatda, jabrlanuvchi koʻrgan zararni qoplash uchun hamyonidan toʻlashga majbur boʻlmaydi. Zararni sugʻurta kompaniyasi qoplab beradi.
Bu shuni anglatadiki, TVEFJMS yoʻl avtotransport hodisasida aybdor avtomobilni shikastlanishdan himoya qilmaydi (buning uchun boshqa turdagi sugʻurta mavjud), aksincha avtomobil egasining yoʻldagi xatti-harakatlari inson hayoti, uning salomatligiga zarar yetkazgan taqdirda, barcha moliyaviy xarajatlarni qoplab beradi.